Chaqaloqning injiqlanishi turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Eng keng tarqalgan sabablari quyidagilar:
🔹Haddan tashqari issiqlik yoki sovuqlik;
🔹Charchoq, uyquga ehtiyoj;
🔹Noqulay kiyimlar;
🔹Nam yoki iflos tagliklar;
🔹E’tiborning yetishmasligi;
🔹Ochlik yoki chanqash;
🔹Haddan tashqari yorqin chiroqlar yoki baland tovushlar;
Shuningdek, bolalar och qolishganida, biror joylari og’rib, o’zlarini yaxshi his qilishmaganida ham yig’lab, injiqlik qilishadi.
Bu omillarni hisobga olgan holda, chaqaloqning sababini topishga harakat qilish va uning ehtiyojlarini qondirish orqali injiqlikni kamaytirish mumkin.